Qirg‘izistonda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari hibsga olindi
Olam
−
13 noyabr
5946Qirg‘izistonda Prezident Sadir Japarov tomonidan ishdan bo‘shatilgan Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari Quban Adil o‘g‘li uyushgan jinoiy guruhni moliyalashtirishda ayblanmoqda. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari Quban Adil o‘g‘li Qirg‘iziston IIV Tergov xizmati tergovchisining arizasiga ko‘ra, tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi tergov talabini qanoatlantirib, ehtiyot chorasini tasdiqlagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Quban Adil o‘g‘li bir qancha og‘ir jinoyatlarda, jumladan, Qirg‘iziston Jinoyat kodeksiga asosan “Ommaviy tartibsizliklar”, “Uyushgan guruh tuzish yoki unda ishtirok etish”, “Uyushgan guruhlar va jinoiy jamoalarni moliyalashtirish”, shuningdek, “Hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olish”da ayblanmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yil 30 aprelda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Quban Adil o‘g‘lini Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish va hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga aloqadorlikda gumonlangan yetti kishi qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi