Qirg‘izistonda amaldorlarning vatanparvarligi tekshiriladi
Olam
−
23 dekabr 2023 6931 1 daqiqa
Qirg‘izistonda davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga nomzodlar yolg‘on detektori yordamida sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat xizmati ishlari bo‘yicha agentlik rahbari Kudaybergen Bozorboyev matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, nomzodlarning yolg‘on detektori testidan o‘tkazishdan asosiy maqsad ularning korrupsiyaga moyilligini tekshirish hisoblanadi.
"Davlat va munitsipal xizmatlarda korrupsiyaning oldini olish maqsadida davlat xizmatiga nomzodlarni poligrafiya testidan o‘tkazish usulini joriy etish masalasi o‘rganilmoqda. Biz me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqmoqdamiz. Poligraf korrupsiyaga qarshi kurash vositasi sifatida halol va vatanparvar xodimlarni jalb qilishga yordam beradi”, deydi Bozorboyev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bo‘lim allaqachon nomzodlarning IQ darajasi va yetakchilik salohiyatini aniqlash hamda ularning kasbiy, insoniy va psixologik fazilatlarini baholash uchun ikkita multi-psixomerik asbob sotib olgan.
Live
Barchasi