Qirg‘izistonda 5 yashar qizchaning yuziga qaychi kirib ketdi (foto)
Olam
−
14 mart 2023
9335Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi viloyatlararo bolalar shifoxonasida yuziga qaychi tiqilib qolgan qiz qutqarib olindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, “Bulak.kg” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 9 mart kuni Qorasuv tumanida yashovchi besh yashar qizcha kasalxonaga olib kelingan, u zudlik bilan otolaringologiya bo‘limiga yotqizilgan va jarrohlik yordami ko‘rsatilgan.
Ma’lum qilinishicha, u o‘z uyida o‘ynayotgan vaqtda stoldan yiqilib tushgan. Oqibatda, qizning qo‘lida bo‘lgan qaychi uning yuziga kirib ketgan. Shundan so‘ng, u zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Qizaloqning yuziga 6-7 sm chuqurlikda kirib ketgan qaychini olib tashlash uchun murakkab operatsiya o‘tkazilgan.
“Bolaning baxtiga yuzidagi yirik tomirlar zarar ko‘rmagan, aks holda uning hayoti jiddiy xavf ostida qolar edi. Hozirda qizchaning ahvoli yaxshi, uni shifoxonadan chiqarishga tayyorlanmoqda”, deyiladi shifoxona bayonotida.
LiveBarchasi