Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga uringan guruhdan deputatning guvohnomasi topildi (video)

Olam

image

Avvalroq, Qirg‘izistonda amaldagi hokimiyatni egallab olishga uringan guruh rejasi to‘xtatib qolingani xabar qilingandi. Tintuv chog‘ida gumonlanuvchilardan qo‘lbola portlovchi qurilmalar uchun butlovchi qismlar, o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, zirhlar, huquq-tartibot organlarining kiyim-kechaklari, uchuvchisiz uchish apparatlari, ekstremistik mazmundagi adabiyotlar va boshqa taqiqlangan buyumlar topilib, olib qo‘yildi. Ular orasida deputat Marlen Mamataliyevga tegishli harbiy guvohnoma ham bor. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi.
 

Qayd etilishicha, buyumlar orasida 50 ta o‘qotar qurol, 20 ta to‘pponcha, 255 ming o‘q-dori, 200 dona politsiya formasi, 350 ta harbiy qalpoq, 38 ta zirhli buyumlar, 2 ta dron, ratsiya, qo‘lda yasalgan portlovchi moddalar hamda ekstremistik adabiyotlar bor.

Jinoiy guruh qo‘lidan topilgan harbiy guvohnoma egasi deputat Mamataliyev holatni 2020 yilning oktyabr oyida sodir bo‘lgan voqealar vaqtida seyfdan hujjatlari o‘g‘irlangani bilan izohlagan.

“Ehtimol, Jo‘qorgu Kenesdagi seyflarni aynan mahbuslar ochgandir. Buning uchun ular ham sudlanishi kerak. Mening ularga hech qanday aloqam yo‘q”, degan deputat.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston deputat guvohnomasi Marlen Mamataliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing