Qirg‘izistonda ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin
Olam
−
14:32 225 1 daqiqa
Qirg‘izistonda voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda mamlakat Maorif vaziri Dogdurqul Kendirbayeva ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, vazir bu haqda Jogorku Keneshning tegishli qo‘mitasi yig‘ilishida gapirgan. Kendirbayeva bolalarning internetda kattalar nazoratisiz qolayotgani va u yerdan qanday ma’lumot olayotganini nazorat qilish qiyinligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, masala ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun muhim.
Vazir Qirg‘izistonda maktablarda mobil telefonlardan foydalanishga allaqachon cheklovlar joriy etilganini eslatgan. Unga ko‘ra, o‘quvchilar dars vaqtida telefonlardan faqat ayrim hollarda, o‘qituvchi nazorati ostida foydalanishi mumkin.
Kendirbayeva dunyoning ayrim davlatlarida voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklovlar joriy qilinganini ham qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston hukumati tomonidan 16 yoshdan kichik bo‘lgan foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr