Qirg‘iziston jazo koloniyalarini tugatmoqchi
Olam
−
15 may
6596Qirg‘izistonda koloniyalarni tugatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentda ro‘yxatga olindi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.
Tasdiqlovchi hujjatga ko‘ra, ushbu turdagi muassasalarda jami mahkumlar soni keskin kamaygan va 2024 yil yanvar holatiga ko‘ra 1303 nafarni tashkil etgan, ulardan 897 nafari qidiruvda bo‘lgan. Shunday qilib, 10 ta koloniyada 400 ga yaqin mahkum haqiqatda jazoni o‘tamoqda.
U yerda 100 ga yaqin xodim ishlaydi. Ularning ishlashini ta’minlash uchun har yili respublika byudjetidan qariyb 100 million som ajratiladi, shundan 85,5 millioni ishchilarning ish haqiga, qolgani kommunal xizmatlar, xodimlar uchun ijara haqi, joriy ta’mirlash va hokazolarga yo‘naltiriladi.
“Koloniyalar xavfsizlik yoki qat’iy izolyatsiyani talab qilmaydigan mahkumlarni saqlaydigan axloq tuzatish muassasalarining bir turi hisoblanadi. Jazo maqsadlariga probatsiya bo‘limining nazorati ostida ham erishish mumkin”, deb hisoblaydi tuzatishlar tashabbuskorlari.
Qayd etilishicha, jazoni ijro etish tizimi muassasalarini saqlash xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, resurslardan foydalanishni optimallashtirish maqsadida koloniyalar institutini bekor qilish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari, mahkumlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qonun loyihasida birinchi instansiyaning ilgari qabul qilingan qarorlarini qayta ko‘rib chiqish hamda reabilitatsiya mezonlariga javob beradigan va namunali xulq-atvorini ko‘rsatgan shaxslarni shartli ravishda ozod qilish imkoniyatini nazarda tutadi.
LiveBarchasi