Qirg‘iziston va Tojikistondan olib kirilayotgan narkotiklar aniqlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona hamda Sirdaryo viloyatida narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida fuqaro boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 1 kg 329 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik moddasi Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan Beshariq tumaniga olib kirilgan.

Shunindek, Sirdaryo viloyatida ham “Farg‘ona – Sirdaryo” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtomashina Guliston shahriga kirish qismida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, undagi yo‘lovchidan 274 dona “Regapen” va 33 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing