Qirg‘iziston va Tojikiston chegarani delimitatsiya qilish masalasini muhokama qildi

Olam

image

Qirg‘iziston va Tojikiston tomonlari ikki davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilishni yakunlash jarayonini tezlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, 5-11 iyun kunlari Dushanbe shahrida Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari topografik ishchi guruhlarining ikki davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli Protokol imzolangan. 

“Uchrashuv do‘stona va o‘zaro anglashuv ruhida o‘tdi. Keyingi uchrashuv Qirg‘iziston hududida bo‘lib o‘tadi”, deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasining uzunligi qariyb 980 kilometrni tashkil etadi. 2002 yil dekabr oyidan beri uni delimitatsiya qilish (davlat chegarasini uning o‘tishini tavsiflash va xaritalash bilan belgilash) bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Hozirgi vaqtda chegara chizig‘ining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i aniqlangan va davlatlar tomonidan o‘zaro tan olingan, qolgan qismlar munozarali bo‘lib qolmoqda. Ushbu muammoning hal bo‘lmagani ikki respublikaning mahalliy aholisi va harbiy xizmatchilari o‘rtasida, shu jumladan, o‘qotar quroldan foydalanish bilan bog‘liq nizolarga bir necha bor sabab bo‘lgan. Ularning oxirgisi 2022 yil kuzining boshida sodir bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston delimitatsiya qirg'iz-tojik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing