Qirg‘iziston O‘zbekistondan daftar sotib olishni to‘xtatmoqchi
Olam
−
19 iyul 2023
13019Qirg‘iziston maktab o‘quvchilari uchun daftarni O‘zbekiston va Rossiyadan sotib olishni to‘xtatib, o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Ta’lim va fan vazirligi kollegiyasida vazir Qanibek Imonaliyev ma’lum qildi, deb yozmoqda "24.kg".
Uning qayd etishicha, avvalroq mehnat daftarlari O‘zbekiston va Rossiyadan olib kelingan.
“Biz chet eldan yiliga 15 million dona daftar olib kelardik. Endi ularda xalq qahramonlari va taniqli shaxslarning suratlari bosiladi. Bu milliy vatanparvarlik va milliy ishlab chiqarish saviyasini oshiradi”, deydi rasmiy.
Shuningdek, u joriy yilda Kembrij universiteti bilan darsliklarni nashr etish bo‘yicha memorandum imzolanganini eslatdi.
“Hozirda Oksford darsliklari sinovdan o‘tkazilmoqda. Joriy yilda 600 ming dona darslik chop etilib, 1 sentyabrdan foydalanishga topshiriladi”, deya qo‘shimcha qildi Qanibek Imanaliyev.
LiveBarchasi