Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegaradagi o‘tkazish punktlarini ochdi

Jamiyat

−

image

Qirg‘iziston koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan O‘zbekiston bilan chegaradagi o‘tkazish punktlar ishini qayta tikladi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmati xabar berdi.

Kecha, 2 sentyabrdan boshlab ikki davlat fuqarolari chegarani “Do‘stlik-avtoyo‘l”, “Qizil-Qiya-avtoyo‘l”, “Madaniyat-avtoyo‘l” va “Baymak-avtoyo‘l” o‘tkazish punktlari orqali o‘tishlari mumkin.

Shu kundan boshlab Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘tkazish punktlari orqali transport va fuqarolar kirish-chiqishi uchun qo‘yilgan cheklovlar olib tashlangan. Respublika hududiga cheklovsiz kirish mumkin, ammo sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya qilish talab etiladi.

Transport vositalari chegaradan “Do‘stlik-avtoyo‘l”, “Qizil-Qiya-avtoyo‘l”, va “Qadamjoy-avtoyo‘l” nazorat o‘tkazish punktlari orqali o‘tishlari mumkinligi aytilgan.

Avvalroq, 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Qirg‘izistonga hududiga turli cheklovlarsiz kirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing