Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarada to‘rt nafar harbiyni qo‘lga oldi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi maxsus bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston bilan chegara hududida to‘rt nafar harbiy qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, 4 nafar chegarachi O‘zbekiston bilan chegaradagi ikkita nazorat-o‘tkazish punktida tovlamachilik bilan shug‘ullangan. Shu yilning 16 may kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatining “Qaytpas” va “O‘tukchu” nazorat-o‘tkazish punktlarida tintuv o‘tkazilib, so‘ngra harbiy xizmatchilar qo‘lga olingan.

“Holat bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 337-moddasi “Xizmat vakolatini suiiste’mol qilish” bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tintuvlar o‘tkazilib, natijada tintuv ishlari olib borilgan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, ayblanuvchilar chegarani xavfsiz kesib o‘tishlari uchun fuqarolardan 50 dan 1000 somgacha (taxminan 6 mingdan 130 ming so‘mgacha) bo‘lgan miqdorda pul talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Qirg'iziston harbiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing