Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegarada beqarorlikni istamaydi – Rasmiy Bishkek
Olam
−
19 Oktabr 2022
18563Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan chegaradagi vaziyatni beqarorlashtirishni istamaydi. Bu haqda Bishkekdagi matbuot anjumanida mamlakat mudofaa vaziri Baktibek Bekbolotov ma’lum qildi, deya xabar berdi AKIpress.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rahbariyati munosabatlarni yaxshilash, davlat chegarasini delimitatsiya qilish, chegaradagi bahsli hududlarni hal qilishga harakat qilmoqda.
“Hozir O‘zbekiston bilan bog‘liq vaziyat mukammal hal qilinmoqda. Bundan faqat yutamiz. Mana, bizning jamiyatimizda tartibsizliklar boshlanyapti. Bizga kerakmi shu? Bizga hozir O‘zbekiston bilan chegarada beqarorlik mutlaqo kerak emas”, deydi u.
Bekbolotov Qirg‘izistonda safarbarlik tizimining ishonchliligi va rivojlanish istiqbollari haqida ham gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda unchalik standart bo‘lmagan qaror qabul qilingan.
“Chunki bugungi jangovar harakatlar... Biz klassik variantlardan, o‘sha Ulug‘ Vatan urushidan va boshqalardan uzoqlashishimiz kerak. Bugun biz yer relefiga, harakatlar tabiatiga ma’lum bir nuqtai nazardan qarashimiz kerak. Biz zaxira bo‘linmalarini tayyorlashga majburmiz. Joriy yilda bu borada ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Bu yil davomida oldimizda turgan harbiy vazifani uddaladik va bu zaxiradagi askarlarning hissasi. Biz klassik versiyadan uzoqlashdik”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 sentyabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonga borib, chegara borasida kelishuvni boshlash to‘g‘risidagi bayonnomani imzolagandi.
Keyinroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov o‘zaro chegaralarni kelishida rasmiy Bishkek bahsli yerlarning 99 foizini olganini va o‘z yerlarini O‘zbekistonga bermgaanini aytib chiqdi.
Avvalroq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev Qirg‘izistonga jami 19 ming gektardan ortiq yer olib, O‘zbekistonga esa Kempirobod suv ombori akvatoriyasidagi 4485 gektar yer berilishini ma’lum qilgandi. Suv omborini ikki davlat birgalikda boshqarishiga kelishilgan.
LiveBarchasi