Qirg‘iziston O‘zbekiston hududidagi Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi

Olam

image

Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi. Bu haqda "24kg" nashri xabar berdi.

"Bizga kerakli narsalarni yig‘ishtirib olishimiz uchun bir oycha vaqt berishdi. Mahalliy hukumat ko‘chib o‘tishimizga yordam berdi va yuk mashinalari bilan ta’minladi", degan eksklavning sobiq aholisidan biri.

Ko‘chirilganlarning so‘zlariga ko‘ra, Barakdagi barcha uylar va ijtimoiy ob’ektlar demontaj qilingan va ular Qirg‘izistonga olib ketilgan. Jami 98 oila vaqtincha O‘sh viloyatining turli hududlariga vaqtincha o‘rnashgan. Ba’zilar qarindoshlarinikiga, boshqalari ijaraga olingan uylarga joylashgan.

Qirg‘iziston hukumati barcha 98 oilani bir hududga – Barak evaziga O‘zbekiston bergan 208 gektar yerga joylashtirish niyatida. Qurilish rejasi allaqachon ishlab chiqilgan, uylarni 31 avgust – Qirg‘iziston Mustaqillik kunigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Barak – umumiy maydoni qariyb to‘rt kvadrat kilometr bo‘lgan qishloq aholi punkti bo‘lib, u yerda turli davrlarda 1,25 ming kishi doimiy istiqomat qilgan. Bu har tomondan O‘zbekistonning Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani bilan o‘ralgan Qirg‘izistonning eng yirik eksklavi hisoblangan. 

2018 yili Qirg‘iziston va O‘zbekiston yer uchastkalarini almashish bo‘yicha kelishib olgan. O‘zbekiston Barak hududini Qorasuv tumanining Oqtosh qishlog‘iga tutash bo‘lgan ekvivalent yer uchastkasi evaziga olgan. Biroq, o‘sha paytda almashinuv amalga oshmagan.

2022 yil noyabrida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev O‘zbekiston bilan hududlarni almashish bo‘yicha yakuniy kelishuvni e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston Barak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing