Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Sudanga bormaslikni tavsiya qildi
Olam
−
22 aprel 2023
4521Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Sudan Respublikasida armiya va tezkor kuchlar o‘rtasida kuchaygan qurolli to‘qnashuvlar sababli mamlakat fuqarolariga Sudanga bormaslikni tavsiya qildi.
Shuningdek, TIV u yerda bo‘lib turgan qirg‘izistonliklarni ayeroportlar, harbiy bazalar va davlat tashkilotlari joylashgan hududlardan qochish haqida ogohlantirdi.
“Qirg‘izistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi elchixonasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Sudanda Qirg‘izistonning yetti nafar fuqarosi bor. Ulardan uch nafari BMTning Xartumdagi vakolatxonasida ishlaydi”, deyiladi TIV xabarida.
Ma’lum qilinishicha, elchixona mamlakatda boshqa Qirg‘iziston fuqarolari bor-yo‘qligini aniqlamoqda.
Ma’lumot uchun, Sudanda armiya va tezkor kuchlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuv joriy yilning 15 aprel kuni boshlangan edi. Bir hafta ichida mamlakatda 600 dan ortiq odam halok bo‘lgan. O‘zbekiston Sudandagi vaziyat bo‘yicha hozircha rasmiy munosabat bildirgani yo‘q.
LiveBarchasi