Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaradan qo‘shinlarini olib ketdi 

Olam

image

Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegaradan qo‘shimcha qo‘shin va texnikani olib ketishni yakunladi. Bu haqda Respublika chegara xizmati matbuot markazida xabar berilgan.  

“Qirg‘iz tomoni qo‘shimcha kuch va vositalarni chegara chizig‘idan doimiy joylashtirish punktlariga  olib chiqishni yakunladi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, davlat chegarasining qirg‘iz-tojik uchastkasida vaziyat barqaror deb baholanmoqda. Bugun, 29 yanvar kuni chegaradagi hodisa yuzasidan ikki davlat vakillarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Tomonlar chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha komissiya ishini qayta boshlashga kelishib olgan. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 yanvar kuni Qirg‘iziston chegara xizmati qirg‘iz va tojik chegarachilari o‘rtasida otishma boshlandi. Tojikiston tomoni granatomyot va minomyotlarni ham ishga soldi. Shunjan so‘ng, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi kuchlari, shuningdek, Respublika armiyasi va politsiyasi Tojikiston bilan chegaraga olib kelingandi. Mojaroga Qirg‘izistonning Isfana va Botken shaharlarini bog‘lovchi avtomobil yo‘lining tojik harbiylari tomonidan to‘sib qo‘yilgani sabab bo‘lgan. 

To‘qnashuvlar bir necha soat davom etgan. Kecha, 28 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00 atrofida ikki davlat vakillari o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng, sulhga erishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing