Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegara shartnomasini ratifikatsiya qildi

Olam

image

Qirg‘iziston parlamenti kecha, 19 mart kuni qo‘shni Tojikiston bilan tomonlar deyarli 23 yildan beri muzokara olib borgan chegara shartnomasini ratifikatsiya qildi. Hujjat ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullandi. 

Hujjatni yoqlab 85 deputat, qarshi 1 deputat ovoz berdi. 

Bitim 13 mart kuni Bishkekda Qirg‘iziston davlati rahbari Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan imzolangan. 

Japarovning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi chegara nizolarining hal etilishi butun mintaqada xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Tojikiston Prezidentining aytishicha, chegara shartnomasining imzolanishi “tarixiy qaror” bo‘lgan, chunki bu davlatlararo munosabatlarni yanada har tomonlama kengaytirish uchun mustahkam poydevor yaratadi. 

23 yil davom etgan muzokaralar

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaraning uzunligi qariyb 980 km. 2002 yil dekabr oyidan boshlab uni delimitatsiya qilish (davlat chegarasini uning yo‘nalishini tavsiflash va xaritada belgilash) bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Ushbu muammoning hal qilinmagani ikki respublikaning mahalliy aholisi va harbiy xizmatchilari o‘rtasida bir necha bor nizolar, jumladan, o‘qotar qurollardan foydalanish sabab bo‘lgan. Ularning oxirgisi 2022 yil kuzining boshida sodir bo‘lgan. Umuman olganda, 2014-yildan buyon qirg‘iz-tojik chegarasida 10 dan ortiq jiddiy mojaro qayd etilgan. 

Qirg‘iziston Xitoy, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh. Tojikiston Qirg‘iziston haligacha barcha chegara masalalarini hal eta olmagan oxirgi qo‘shni davlat bo‘lib qoldi. 

Tojikiston Qirg‘izistondan tashqari yana uch davlat bilan davlat chegarasiga ega. Eng uzun chegara Afg‘oniston bilan – 1343 km, O‘zbekiston va Xitoy bilan – mos ravishda 1330 km va 490 km dan ortiq. O‘zbekiston bilan davlat chegarasini to‘liq delimitatsiya qilish 2019 yilda yakunlandi va tomonlar umumiy chegara chizig‘ini demarkatsiya qilish ishlarini davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston chegara Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing