Qirg‘iziston “Tolibon” hukumatini tan oladimi?
Olam
−
04 noyabr 2021
4935Qirg‘iziston hukumati hozirgi bosqichda Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumatini tan olmoqchi emas. Bu haqda Bishkekdagi Afg‘oniston muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Taalatbek Masodiqov ma’lum qildi.
“Bugungacha biz tomonimizdan “Tolibon”ni tan olish haqida hech qanday gap yo‘q”, degan u.
Shu bilan birga, Masodiqov “Tolibon” vakillari bilan muzokaralarni davom ettirish zarur, deb hisoblaydi. Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, “Tolibon”ni Afg‘onistonda yuzaga kelgan muammolar bilan yolg‘iz qoldirish noto‘g‘ri.
“Ularni alohida qoldirish mumkin emas”, degan u.
Masodiqov Qirg‘iziston Afg‘oniston boshidan kechirgan iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, afg‘on xalqiga har tomonlama gumanitar yordam ko‘rsatishga harakat qilayotganini alohida ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH tarixida eng uzoq – 20 yil davom etgan harbiy operatsiya joriy yilining 31 avgust kuni yakunlandi. Bu bilan birga Afg‘onistondan AQSH harbiylari va fuqarolarini evakuatsiya qilish ham nihoyasiga yetdi. Ahamiyatlisi, amerikaliklar mamlakatni tark etishga ulgurmasidan joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egalladi.
LiveBarchasi