Qirg‘iziston TikTok’ni bloklayapti 

Olam

image

Qirg‘iziston madaniyat vazirligi TikTok ijtimoiy xizmatini bloklashga qaror qildi. Bu haqda “Sputnik Kirgizstan” nashri xabar berdi. 

Bildirilishicha, nodavlat tashkilotlar tomonidan platformaning bolalar aqliy rivojlanishi va sog‘lig‘iga salbiy ta’siri ko‘rsatishi haqida ko‘plab xavotirli murojaatlar kelib tushgan. 

 “TikTok foydalanuvchini qisqa kliplarning virtual dunyosiga tortib ketadi, ularni tomosha qilganidan so‘ng, o‘smirlar hayot uchun xavfli bo‘lgan ba’zi videolarni takrorlashga harakat qiladi”, deydi tashabbus mualliflari.

Madaniyat vazirligi monitoring olib bordi va platformada bolalar salomatligi va rivojlanishiga zarar yetkazadigan ma’lumotlarga kirish cheklovi yo‘qligi, shuningdek ma’lumot olishda yosh toifasini nazorat qiluvchi funksiya ishlamasligini aniqladi.

Shundan so‘ng vazirlik ushbu platformani bloklashga qaror qildi va hozirda ushbu taklifni amalda joriy etish uchun Raqamli rivojlanish vazirligiga yuborishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Oq uy ma’muriyati Vashingtonga Xitoyga tegishli TikTok video ilovasini Qo‘shma Shtatlarda taqiqlash huquqini beruvchi ikki partiyaviy qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston TikTok o'smirlar bloklayapti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing