Qirg‘iziston tashqi qarzini 2035 yilgacha to‘liq qoplamoqchi
Olam
−
15 aprel
3733Qirg‘iziston yaqin 11 yil ichida tashqi qarzini to‘liq to‘lash niyatida. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“2035 yilga borib, bugungi kungacha to‘planib qolgan 5 milliard dollarlik tashqi qarzlarimizni to‘laymiz. Iqtisodiyotimiz yaxshilandi. Mamlakatda tinchlik va barqarorlik bor ekan, biz bemalol to‘laymiz”, deydi davlat rahbari.
Shu bilan birga, Japarov Qirg‘iziston istiqbolli loyihalar, jumladan, qiymati 5-6 milliard dollarlik “Qambar-Ota 1” GESi qurilishi uchun yangi tashqi kreditlardan voz kechishni rejalashtirmayotganini bildirdi.
“Kelajakda qancha qarz olsak ham, har bir loyiha o‘zini oqlaydi. Respublika byudjeti va xalq cho‘ntagiga hech qanday og‘irlik bo‘lmaydi”, deb va’da berdi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Japarov Qirg‘izistonga qarz bergani uchun Xitoyning aybi yo‘qligi, pullarni hukumat va amaldorlar o‘g‘irlaganini aytgandi.
LiveBarchasi