Qirg‘iziston SSV rahbariyatida pnevmoniya va koronavirus aniqlandi

Olam

image

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Sobirjon Abdikarimovda pnevmoniya, uning o‘rinbosari Nurbo‘lot Usenbayevda esa koronavirus aniqlandi. Bu haqda bugun, 10 iyul kuni Qirg‘iziston SSV Jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Aynura Akmatova ma’lum qildi.

Akmatovaning so‘zlariga ko‘ra, Usenbayevdan olingan test musbat natija bergan. Abdikarimovga pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan, uning COVID-19 ga topshirgan testi manfiy natija ko‘rsatgan. Ikkisining ham ahvoli o‘rta og‘ir.

Qirg‘izistonda koronavirus va pnevmoniya bilan bog‘liq vaziyat iyun oyi o‘rtalaridan yomonlasha boshladi.

Pandemiya boshlanganidan beri Qirg‘izistonda 9358 kishida koronavirus aniqlandi. Shundan 3134 kishi sog‘aydi, 122 kishi vafot etdi. Bundan tashqari, shioxonalarga ko‘plab pnevmoniyaga chalingan odamlar murojaat qilishni boshlagan. Mart oyidan beri bu kasallikdan 350 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing