Qirg‘iziston Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzmayotganini aytdi
Olam
−
20 iyul 2023 4292 1 daqiqa
Qirg‘iziston hukumati va davlat kompaniyalari AQSH va boshqa ba’zi G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni buzmagan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabarida aytiladi.
“Tasdiq bilan aytishimiz mumkinki, na Qirg‘iziston davlati, na davlat tuzilmalari va kompaniyalari AQSH hamda G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiya cheklovlarining buzilishiga aloqador emas”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “The Washington Post” nashri AQSH G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishda Rossiyaga yordam bergani uchun Qirg‘izistonga nisbatan jazo choralari tayyorlanayotganini xabar bergandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust