Qirg‘iziston Rossiya TIVga nota yubordi

Olam

image

Qirg‘iziston Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga qirg‘izistonlik taksi haydovchisi va "maxsus operatsiya" (Ukrainadagi urush) ishtirokchisi o‘rtasida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan nota yubordi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Qirg‘iziston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga ushbu fuqaroga (taksi haydovchisi) nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini xolis va har tomonlama ko‘rib chiqish talabi bilan rasmiy nota yubordi”, deyiladi xabarda.

Nota bir qator ommaviy axborot vositalarida 3 iyun kuni Moskvada "maxsus operatsiya" ishtirokchilarini mashinasiga o‘tkazishdan bosh tortgan qirg‘izistonlik taksi haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingani yuzasidan yuborilgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, Qirg‘izistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi taksi haydovchisiga uning arizasiga asosan “zaruriy konsullik va yuridik yordam” ko‘rsatgan.

“Natijada jinoyat tarkibining yo‘qligi sababli Qirg‘iziston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish yuritish tugatildi”, deya ta’kidlaydi Qirg‘iziston TIV.

Eslatib o‘tamiz, 29 aprel kuni Rossiyaning Tojikistondagi elchisi Semyon Grigorev Tojikiston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga Rossiya Federatsiyasi hududida respublika fuqarolarining “huquqlari buzilgani” munosabati bilan nota topshirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing