Qirg‘iziston Prezidentining jiyani qamoqda qoldi 

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning jiyani Ulan Japarov Bishkek shahar birinchi instansiya sudining qarori bilan qamoqda qoladigan bo‘ldi. Bu haqda poytaxt sudiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Aytilishicha, kecha, 20 iyul kuni Bishkek shahar birinchi instansiya sudida Ulan Japarovning shikoyati ko‘rib chiqilgan va Pervomayskiy tuman sudining 3 iyuldagi ehtiyot chorasi sifatida tanlagan 23 sutka qamoqni nazarda tutuvchi qarori o‘zgarishsiz qolgan.  Japarov 26 iyulgacha hibsda saqlanadigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Ulan Japarov Qirg‘iziston Prezidentining amakivachchasi Rahimjon Japarovning o‘g‘li sanaladi. U Issiqko‘l viloyatining Ken-suv qishlog‘ida tug‘ilgan. 32 yoshli Japarov bojxonadagi korrupsion jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan. Hozirda u Bishkek shahridagi 1-sonli tergov hibsxonasida saqlanmoqda.  Qirg‘iziston Prezidentining matbuot kotibi Sadir Japarov barcha qonunbuzarlar, qarindoshlik rishtalariga qaramay, jazolanishi haqida ogohlantirilganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

sud korruptsiya Qirg'iziston Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing