Qirg‘iziston Prezidentining koronavirusga topshirgan testi natijasi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
25 iyun 2020
29411Avvalroq, 23 iyun kuni Moskvaga kelgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov delegatsiyasi a’zolari orasidan ikki kishida koronavirus aniqlangani bois, G‘alaba paradida qatnashmagani haqida xabar bergan edik.
Sooronbay Jeenbekov Moskvadan qaytganidan keyin koronavirusga test topshirdi. Uning javobi salbiy chiqdi. Shundan so‘ng davlat rahbari respublikada epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli favqulodda holat rejimini qayta joriy etishni muhokama qildi.
“Prezident Sooronbay Jeenbekov tomonidan Bishkekka kelganidan so‘ng koronavirusga test topshirdi va uning javobi salbiy chiqdi”, dedi davlat rahbari matbuot kotibi Tolgonay Stamaliyeva.
Qirg‘izistonda epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli bir qator shahar va tumanlarda favqulodda holat rejimini qayta tiklash masalalari muhokama qilinmoqda. So‘nggi bir necha kun ichida mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan yangi bemorlarning soni rekord darajada oshgani aniqlandi, dedi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Madamin Karatayev.
"Hozirda Chuy viloyatida, Bishkekda, O‘sh viloyatida va O‘sh shahrida vaziyat juda og‘ir. Bugun respublika shtab-kvartirasi yig‘ilishida favqulodda holat rejimini joriy etish masalasi ko‘rib chiqiladi va barcha omillarni hisobga olgan holda qaror qabul qilinadi", dedi amaldor.
Respublika bo‘yicha qayd qilingan holatlarning umumiy soni 3954 taga yetdi, 43 kishi kasallikdan vafot etdi. 2112 nafar bemor sog‘ayib, shifoxonalardan chiqarildi.
LiveBarchasi