Qirg‘iziston Prezidentining qarindoshi hibsga olindi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning qarindoshi Ulan Japarov korrupsiyada gumonlanib, hibsga olindi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Erbol Sultonboyev ma’lum qildi.

“Qo‘lga olingan Ulan Japarovga kelsak, u haqiqatdan ham davlat rahbarining qarindoshi ekanini xabar qilamiz. U bojxonadagi muammolar bilan bog‘liq korrupsion sxemalarda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Prezident Japarovning shaxsan o‘zi gumonlanuvchilarga nisbatan barcha qonuniy choralar ko‘rilishini talab qilgan”, deydi Sadir Japarovning voizi. 

Qirg‘iziston rahbarining matbuot kotibi qo‘lga olingan 32 yoshli Ulan Japarov Qirg‘iziston Prezidentining amakivachchasining o‘g‘li ekanini tasdiqlagan. Sultonboyevning qo‘shimcha qilishicha, har qanday fuqaro jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda qonun doirasida to‘liq javobgarlikka tortiladi. 

“Agar ish korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lsa, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiydir. Bu holat korrupsiyaga qarshi kurashda tanlab olish yo‘qligini yana bir bor ko‘rsatdi. Bu davlat rahbarining talabi”, degan Prezident matbuot kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Qirg'iziston Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing