Qirg‘iziston Prezidenti Umra ziyoratida (fotofakt)
Olam
−
21 dekabr 2019 10995 1 daqiqa
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov Umra ziyoratini amalga oshirdi. Bu haqda Qirg‘iziston mahalliy nashrlari yozmoqda.
Joriy yilning 15-17 dekabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga borgan. Muvaqqiyatli kechgan rasmiy uchrashuvlardan keyin, Qirg‘iziston rahbari Umra amallarini bajargan.
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentiga mamlakatning boshqa rasmiylari ham hamroh bo‘lgani aytilmoqda. Prezident ziyorat amallarini bajarish chog‘ida Saudiya Arabistoni maxsus xizmatlari tomonidan qo‘riqlangan.
Al-Haram masjidiga kelganida delegatsiyani Al-Haram masjidining maxsus xavfsizlik kuchlari qo‘mondoni, general Yahyo ibn Abdil Rahmon al-Akil va bir qator rasmiylar kutib olgan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr