Qirg‘iziston poytaxti o‘zgarishi mumkin

Olam

image

Qirg‘izistonning poytaxti Bishkek shahridan Manasga ko‘chirilishi mumkin va bu masala ayrim siyosatchilar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda 11 oktyabr kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari va Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Qamchibek Tashiyev maktab direktorlari bilan uchrashuvda so‘z ochdi.

Uning ta’kidlashicha, Manasda qurilish va infratuzilma ishlari faol olib borilmoqda, bu esa shaharni Qirg‘izistonning eng zamonaviy va rivojlangan maskanlaridan biriga aylantirishni maqsad qilgan.

“Ba’zi siyosatchilar Manas Qirg‘iziston poytaxtiga aylanadi, deb aytmoqda. Agar bunga loyiq bo‘lsak, nega yo‘q? Xudo xohlasa, bo‘ladi. Buning uchun shaharni va xalqni tayyorlash kerak, ruhiy jihatdan ham tayyor bo‘lish lozim. Poytaxt bo‘lish oson emas – bunga katta moliyaviy mablag‘lar kerak. Shaharni zamonaviy ko‘rinishga keltirishimiz kerak. O‘zingiz ko‘ryapsiz, qurilish ishlari hamma joyda davom etmoqda”, degan Tashiyev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Manas 2026 yilda respublika ahamiyatiga ega uchinchi shahar maqomini oladi.
Tashiyev, shuningdek, shahar nomining o‘zgartirilishini “strategik jihatdan to‘g‘ri qaror” deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jalolobod shahri rasmiy ravishda Manas deb qayta nomlangan edi. Tegishli qonunga Prezident Sadir Japarov imzo chekkan.

Ma’lumot uchun, Manas – Qirg‘izistonning uchinchi yirik shahri bo‘lib, Jalolobod viloyatining ma’muriy markazi hisoblanadi. Shahar Farg‘ona vodiysida, mamlakat janubida joylashgan. Aholisi 184 ming kishi.


Maqola muallifi

Teglar

Jalolobod Qirg'iziston Bishkek Manas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing