Qirg‘iziston piyoz va sarimsoq eksportini vaqtincha cheklamoqchi
Olam
−
29 yanvar 2023
6578Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi piyoz, sarimsoq va boshqa piyozli sabzavotlarni mamlakatdan tashqariga olib chiqishni taqiqlashni taklif qildi. Bu haqda “Ekonomist.kg” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘izistonda piyoz eksportini taqiqlash bo‘yicha tegishli qaror keyingi hafta qabul qilinadi va o‘sha kundan boshlab kuchga kiradi hamda 2023 yilning 4 mayigacha davom etadi.
Mazkur chora mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va bozor narxlarini barqarorlashtirish maqsadida joriy etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boshlab to‘rt oy muddatga piyoz eksportiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilgan edi.
LiveBarchasi