Qirg‘iziston parlamenti spikeri iste’fo berdi

Olam

image

Qirg‘iziston Jo‘qorg‘u Keneshi spikeri Kanatbek Isayev iste’foga chiqdi. Bu haqda u bugun, 4 noyabr kuni “Ala-Archa” davlat rezidensiyasida o‘tgan majlisda ma’lum qildi.

Isayev Prezident lavozimiga da’vogarlik qilish niyatida.

“Ma’lumki, men oltinchi chaqiriq muddati tugayotgani sababli Prezident vazifalarini bajarishdan bosh tortdim. Bahslar bo‘lishini xohlamadim. Sadir Japarov prezident saylovida qatnashishini e’lon qildi. Demak, parlament spikeri davlat rahbari vazifasini bajara oladi. Ammo “Qirg‘iziston” partiyasi meni Prezident lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Shu sababdan mmen Jo‘qorg‘u Kenesh Torag‘asi vakolatini topshirdim”, degan Kanatbek Isayev.

U hamkasblari va siyosatchilarni mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi.

“Hozir bir mandatli okruglar tizimiga qaytishga harakat qilinyapti. Ammo avval shu sababdan inqilob bo‘lgandi. Majoritar tizimga qaytilsa, hammasini pul qiladigan ulkan okruglar paydo bo‘ladi. Oddiy odamlar parlamentga nomzodini ko‘rsata olmay qoladi. Keling barcha qarorlarni ma’suliyat bilan qabul qilaylik”, degan Kanatbek Isayev.

Ma’lumot uchun, Qirziston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sadir Japarov ham davlat rahbari lavozimiga nomzod bo‘lish uchun vakolatdan voz kechishini e’lon qilgandi. Bu holatda davlatni boshqarish Jo‘qorg‘u Kenesh deputatlari saylagan yangi spikerga yuklatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kanatbek Isayev 13 oktyabr kuni Jo‘qorg‘u Kenesh spikeri lavozimiga tasdiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston saylov

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing