Qirg‘iziston parlamenti davlat bayrog‘ini o‘zgartirishni ma’qulladi

Olam

image

Bugun, 29 noyabr kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlamenti) deputatlari mamlakat davlat bayrog‘ini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

Tashabbusni 66 deputat qo‘llab-quvvatladi, 8 deputat qarshi ovoz berdi.

Qabul qilingan o‘zgartirishlar Qirg‘iziston Respublikasi bayrog‘idagi quyosh nurlari shaklini to‘lqinsimondan to‘g‘riga o‘zgartirish, shuningdek, chiziqlar sonini oshirishni taklif qiladi.

Bayroqni o‘zgartirish loyihasini Qirg‘iziston parlamenti spikeri Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov tayyorlagan.

Agar qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar parlamentda ikkinchi va uchinchi o‘qishdan o‘tib, keyin Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolansa, bayroq o‘zgaradi.

Eslatib o‘tamz, Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov allaqachon bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston davlat bayrog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing