Qirg‘iziston milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi konsepsiya qabul qiladi 

Olam

image

Qirg‘izistonda milliy xavfsizlikni ta’minlashning yangi konsepsiyasi qabul qilinadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Sadir Japarov bugun, 23 oktyabr kuni Bishkekda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Milliy xavfsizlikning yangi konsepsiyasi loyihasi tez orada respublika Xavfsizlik Kengashiga kiritiladi”, deydi Prezident. 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, loyihada Qirg‘izistonning milliy xavfsizlik bo‘yicha shoshilinch holatlardagi harakatlari rejasi o‘z aksini topadi.

“Konsepsiya loyihasi, shu jumladan, oziq-ovqat va energiya xavfsizligini ta’minlash choralarini nazarda tutadi”, deya Prezident xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish organlarining muvofiqlashtiruvchi markazi sifatida Xavfsizlik Kengashining rolini kuchaytirishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Japarov mamlakat Turkiya va Rossiyadan uchuvchisiz harbiy apparatlar hamda dronlarni sotib olishini ma’lum qilgandi. 

Qirg‘iziston Prezidenti so‘nggi vaqtlarda qilinayotgan harbiy islohotlarni quyidagicha izohlagan:

“Bu mojaroga tayyorgarlik emas, balki mamlakatimiz xavfsizligini saqlashga tayyorgarlik”, deb tushuntirish bergandi davlat rahbari.

Qayd etish kerakki, so‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonda yuz bergan voqealar ushbu davlatga geografik jihatdan yaqin bo‘lgan mamlakatlarni sergak tortishga majbur qildi. Qirg‘iziston ham ulardan biridir. Bundan tashqari, joriy yilning aprel-may oylarida mamlakat qo‘shni Tojikiston bilan chegaraviy mojaroga borgandi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing