Qirg‘iziston MDH davlatlari chegaralarida harbiy texnikalar bo‘lishini taqiqlashni so‘rayapti

Olam

image

Qirg‘iziston tomoni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bo‘yicha hamkorlarga Hamdo‘stlik davlatlari chegaralarida joylashtirilgan harbiy qismlar soni to‘g‘risida ma’lumot almashishni boshlash va u yerda og‘ir texnika va qurollarni joylashtirishga cheklovlar joriy etishni taklif qilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imonqulovning Moskvada Hamdo‘stlik davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan uchrashuvi chog‘idagi bayonotiga tayanib, Qirg‘iziston davlati rahbari matbuot xizmatida ma’lum qilindi. 

“MDH formatida vakolatli tuzilmalar o‘rtasida operativ ma’lumotlar almashinuvini kengaytirish, shuningdek, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va barqarorlikni ta’minlash uchun mas’uliyatni oshirish, chegara hududlarida joylashgan Qurolli Kuchlar bo‘linmalarining miqdoriy va sifat tarkibi to‘g‘risida bir-birini xabardor qilish va chegaralar yaqinida og‘ir texnika, tanklar, artilleriya, ko‘plab raketa tizimlarining mavjudligiga cheklovlar qo‘yish taklif etildi”, deyiladi xabarda. 

Qirg‘iziston Xavfsizlik Kengashi kotibi MDH tashqi chegaralari uchun istisno qilishni taklif qildi. 

“Tadbirda so‘zga chiqqan Imonqulov bugungi kundagi chaqiriq va tahdidlar masalasiga to‘xtalib, ular kamayayotgani yo‘q, mutatsiyaga uchrab, ko‘p yo‘nalishli, o‘tkinchi va xavfli bo‘lib borayotganini ta’kidladi. Har qanday davlat turli yo‘nalishlardan zarbalar olib, bir zumda geosiyosiy o‘yinning nishoni yoki quroliga aylanishi mumkin”, deb yozgan matbuot xizmati. 

Imonqulov alohida ta’kidlaganidek, bir mamlakat “butun qator tahdidlarga” o‘zi bardosh bera olmaydi, xalqaro xavfsizlik esa “kimningdir agressiv ambitsiyalariga bog‘liq bo‘lmasligi kerak”.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Qirg'iziston

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing