Qirg‘iziston lotin grafikasiga o‘tishi mumkin

Olam

image

Qirg‘izistonda lotin yozuviga o‘tish bo‘yicha bir nechta variant ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda “24.kg“ xabar berdi

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Prezidenti huzuridagi davlat tili bo‘yicha milliy komissiya raisi Kanibek Osmonaliyev parlament majlisida kirill alifbosidan lotin grafikasiga o‘tish bo‘yicha bir nechta variantlar mavjudligini ma’lum qilgan. 

“Qirg‘iziston kirill alifbosidan foydalanadigan yagona turkiy tilli davlat. Agar Jogorku Kenesh (parlament), hokimiyat qaror qabul qilsa, keyin olimlar va ziyolilar lotin yozuviga o‘tishga tayyor. Bizda bir nechta variantlar bor”, deydi u. 

Osmonaliyev 1993 yilda Qirg‘izistonning o‘sha paytdagi Bosh vaziri Abdigani Erkabayev 1993 yilda Turkiy tilli davlatlar sammitida lotin grafikasiga o‘tish bo‘yicha memorandumni imzolaganini, biroq siyosiy qaror qabul qilinmaganini aytgan.

Majlisda bir necha deputat alifboning kamchiliklari va yangi harflarni kiritish zarurligini ta’kidlagan. 

Jo‘gorku Kenesh ikkinchi o‘qishda davlat tili to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilib, ro‘yxatdan o‘tgan 87 ta deputatdan 79 nafari ovoz bergan. Qolganlar esa ovoz berishdan bosh tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston lotin yozuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing