Qirg‘iziston KXSHTning tinchlikparvarlik salohiyatini rivojlantirmoqchi

Olam

image

Qirg‘iziston kelgusi yilda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) raislik qilganida tashkilotning tinchlikparvarlik salohiyatini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 28 noyabr kuni mamlakat Prezidenti Sadir Japarov Ostona shahrida o‘tgan KXSHT sammitida so‘z ochdi.

“Biz KXSHTning tinchlikparvarlik komponentini rivojlantirishga doir, shu jumladan, KXSHT Bosh kotibining tinchlikparvarlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili faoliyatini faollashtirishga qaratilgan choralar ko‘ramiz”, dedi u.

Shuningdek, Qirg‘iziston Prezidenti tashkilot a’zolarini harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va harbiy-iqtisodiy hamkorlik samaradorligini oshirish maqsadida ilg‘or tajribalar almashishga chaqirdi.

“Zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashda axborot texnologiyalarini terrorchilik va ekstrimizm maqsadlarida ishlatishni oldini olish va ularni aniqlash bo‘yicha hamkorlikni faol targ‘ib qilishni rejalashtirmoqdamiz”, dedi Japarov.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 1 yanvarda KXSHTga raislik vazifasi Qozog‘istondan Qirg‘izistonga o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur sammit doirasida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev KXSHT ishtirokchi davlatlari uchun xavfsizlik kafolati sifatidagi o‘z ahamiyatini namoyon etayotganini ta’kidlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing