Qirg‘iziston xorijliklarning mamlakatda vizasiz qolish tartibini kuchaytirdi
Olam
−
18 Oktabr 2023
3533Qirg‘iziston xorijliklarning mamlakatda vizasiz qolish shartlarini kuchaytirdi. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Qirg‘iziston hukumati xorijliklarning "vizaran" tizimi yordamida soddalashtirilgan kirishini bekor qildi. Buning o‘rniga "60/120" tamoyili bo‘yicha vizasiz rejim joriy qildi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, chet el fuqarolari Qirg‘izistonda ketma-ket 60 kundan ortiq qolishi mumkin emas. Chegarani kesib o‘tgan vaqtdan boshlab 60 kundan so‘ng qayta kirishi mumkin bo‘ladi.
"Qirg‘izistonga 90 kungacha vizasiz tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan fuqarolar uchun muddatlar 90/180 tamoyili bo‘yicha hisoblanadi", deyiladi vazirlik bayonotida.
Tashqi ishlar vazirligi bundan maqsad migratsiya oqimini yanada samarali boshqarish va mamlakatning umumiy xavfsizligini ta’minlash ekanligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Vizaran" – xorijliklarning ma’lum bir davlat chegarasidan tashqariga chiqib, qayta kirganida mamlakatda qolish muddatini uzaytirish tizimi.
LiveBarchasi