Qirg‘iziston kam daromadli davlatlar ro‘yxatidan chiqdi

Olam

image

Qirg‘iziston o‘z aholisining turmush darajasini sezilarli darajada yaxshilashga va daromadi past bo‘lgan davlatlar ro‘yxatidan chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Bishkekda bo‘lib o‘tgan “Fintex va barqaror rivojlanish: moliya kelajagi” xalqaro moliyaviy forumida respublika Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov ma’lum qildi. 

“Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, biz aholi jon boshiga nominal yalpi ichki mahsulotimiz bugungi kunda 2 ming dollardan ortiq, paritet bo‘yicha esa 6,5 ming dollarga yaqin bo‘lgan mamlakatlar qatoridan chiqdik”, deydi u. 

Uning qayd etishicha, hukumat bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas va ko‘p ish qilish kerak.  

“Mamlakatimiz ham inson kapitaliga, ham tabiiy resurslarga boy, biz yirik transport va geologik markazlar chorrahasida joylashganmiz”, deydi u. 

Vazirlar Mahkamasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda davlat allaqachon iqtisodda yetakchi kuch rolini o‘z zimmasiga olgan. 

“Davlat iqtisodiyotning qudratli lokomotivi, nafaqat nozik dirijyor, balki orkestrimizdagi birinchi skripka rolini o‘ynaydi.  Lekin men darhol aytmoqchimanki, bu rol faqat boshida bo‘ladi. Parvoz va orbitaga chiqish vaqtida. Davlat kapitalizmi davri vaqt bilan chegaralanadi”, deydi Japarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hukumati ham bank sektori ishini faollashtirish orqali iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishishga umid qilmoqda.  

“Biz haqiqatan ham bank sektoriga ishonamiz, biz xalqaro kapital bozorini rivojlantirishni endi boshlayapmiz va shuni aytmoqchimanki, hozirdanoq qiziqish bor”, deydi hukumat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, joriy oy boshida “Global Finance” nashri tomonidan e’lon qilingan dunyoning eng qashshoq mamlakatlari reytingida Tojikiston Markaziy Osiyodagi eng kambag‘al davlat deb topilgan edi. Tojikiston ro‘yxatdagi 190 davlat ichida 43-o‘rinda ko‘rsatilgan. Qirg‘iziston esa 48-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston esa ushbu ikki mamlakatdan boy mamlakat sifatida e’tirof etilib, 67-o‘rinda ko‘rsatilgan.O‘zbekistonning YAIM ko‘rsatkichi yiliga kishi boshiga 10,9 ming dollarni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing