Qirg‘iziston guruhdagi O‘zbekistonning ta’qibchisini mag‘lub etdi
Sport
−
25 mart
10153Bugun, 25 mart kuni Jahon chempionati Osiyo 3-saralash bosqichi 8-turida Qirg‘iziston o‘z uyida Qatarni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bishkekda o‘tgan o‘yinda Kichin, Tishenko va Shukurov qatarliklar davrozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Qatardan Suhayil gol urdi. Yakuniy hisob 3:1 va Qirg‘iziston guruhda O‘zbekistonning ta’qibchisini mag‘lub etdi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston bugun, 25 mart kuni 21:00 da Eronga qarshi mehmonda maydonga tushadi.
LiveBarchasi