Qirg‘iziston fuqarolarini Yaqin Sharqqa borishdan tiyilishga chaqirdi

Olam

image

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ushbu mintaqadagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan respublika fuqarolariga Yaqin Sharq mamlakatlariga sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan xabarda aytiladi. 

“Yaqin Sharq mintaqasida davom etayotgan keskin vaziyat tufayli vazirlik Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga Yaqin Sharq mintaqasiga, xususan Isroil, Eron, Suriya, Iroq, Livan va Falastin hududlariga sayohat qilishdan bosh tortishni tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda.  

Tashqi ishlar vazirligi ushbu davlatlar hududida joylashgan Qirg‘iziston fuqarolariga vaziyat barqarorlashguncha o‘z xavfsizlik choralarini kuchaytirishni tavsiya qildi. 

“Elchixonalarning favqulodda telefon raqamlari mavjud bo‘lib, ular orqali mintaqada bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolari, agar kerak bo‘lsa, yordam yoki maslahat so‘rashlari mumkin”, deya eslatgan TIV.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Yaqin Sharq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing