Qirg‘iziston dunyo mamlakatlari uchun chegaralarini ochdi
Olam
−
05 dekabr 2020
4428Qirg‘iziston butun dunyodan chet el fuqarolarining mamlakatga kirishi uchun o‘z chegaralarini ochdi. Koronavirus pandemiyasi sababli qo‘yilgan cheklovlarning bekor qilinishi haqida Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilgan.
“4 dekabrdan boshlab xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar muntazam aviaqatnovlar orqali Qirg‘izistonga kelishlari mumkin”, deyiladi TIV xabarida.
Shuningdek, Qirg‘izisiton TIV yo‘lovchilar samolyotga chiqishda 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida koronavirusga topshirgan testi natijasini ko‘rsatishlari lozimligini eslatgan.
Bundan tashqari, fuqaro Qirg‘izistonga kelganidan so‘ng, sanitariya-karantin punktlari xodimlari ham test natijalarini tekshiradi. Agarda parvoz davomiyligi yoki reys kechikishi tufayli test natijasi muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, u holda fuqaro yana bir marta test topshirishi shart etib belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida bugungi kunga kelib, Qirg‘izitonda 74 774 kishi koronavirusga chalingan. Ulardan 66 538 nafari kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, 1 290 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi