Qirg‘iziston davlat bayrog‘ini o‘zgartirmoqchi

Olam

image

Qirg‘iziston davlat bayrog‘ini takomillashtirmoqchi. Bu  haqda AKIpress xabar berdi

Kecha, 28 sentyabr kuni Jogorku Kenesh "Qirg‘iziston Respublikasining davlat ramzlari to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqida"gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Tashabbuskorlar Jogorku Kenesh deputatlari Nurlanbek Shakiyev va Ulan Primovning fikricha, qonun loyihasi Qirg‘iziston Respublikasi bayrog‘ini takomillashtirishga qaratilgan.

Deputatlar Qirg‘iziston bayrog‘i markazidagi quyosh nurlari to‘lqinsimon bo‘lganidan kungaboqar guliga o‘xshab qolganini aytgan. Ular quyosh nurlarini tekis, to‘g‘ri qilib tasvirlashni taklif qilgan.

Qirg‘iziston bayrog‘idagi quyosh nurlarining yangi eskizini ishlab chiqish uchun dastlabki bosqichda ushbu bayroq mualliflari jalb qilingan, ular matematik hisob-kitoblar, chizmalar va tegishli ishlarni amalga oshirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘iziston bayrog‘i mamlakat Oliy Kengashining 1992 yil 3 martdagi qarori bilan tasdiqlangan. Unga muvofiq, bayroq rangi qizil bo‘lib, markazida tasvirlangan quyosh nurlari bilan o‘ralgan o‘tovning tuynugi milliy ramz ekani belgilab qo‘yilgan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg'iziston davlat bayrog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made