Qirg‘iziston chorva eksportini to‘xtatdi

Olam

image

Qirg‘iziston yirik va mayda chorva mollari, shuningdek, otlarni eksport qilishni to‘xtatdi. Bu haqda Respublika Suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovga asosiy sabab – veterinariya xizmati tomonidan qishloq xo‘jaligi hayvonlarining identifikatsiyasini inventarizatsiya qilish.

“Tadbir mamlakatda qishloq xo‘jaligi hayvonlari sonining aniq hisobini ta’minlash, shuningdek, veterinariya-sanitariya me’yorlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan”, deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabarida.

Qayd etilishicha, inventarizatsiya 15-20 kun davom etadi. Shundan so‘ng eksportga ruxsat berish jarayoni qayta boshlanadi. Ushbu davr mobaynida taqdim etilgan barcha arizalar inventarizatsiya ishlari tugagandan so‘ng darhol ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Qirg‘izistonda go‘sht narxi oshgan. Xususan, bir kilogramm mol go‘shti narxi 530 qirg‘iz somidan (79 499 so‘m) 600 qirg‘iz somiga (89 998 so‘m) ko‘tarilgan. Sotuvchilar buni go‘shtning O‘zbekistonga eksport qilinishi bilan bog‘lamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati mamlakatdan qamish va lavlagi shakarini hamda kimyoviy toza saxarozani eksport qilishni vaqtinchalik taqiqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston eksport chorva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing