Qirg‘iziston bilan chegaradagi “Tul” nazorat-o‘tkazish punkti yopildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi “Tul” nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi. Bu haqda kecha, 13 avgust kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Chegara xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga kuchli oqim “O‘tukchu ” (Qirg‘iziston) va “Tul” (O‘zbekiston) nazorat-o‘tkazish punktlari orasidagi ko‘prik tayanchlarining yemirilishi sabab bo‘lgan.

Chegarani kesib o‘tish uchun fuqarolar va transport vositalari vaqtinchalik “Apkan” chegara o‘tkazish punktiga yo‘naltiriladi. U har kuni soat 07:00 dan 23:00 gacha ishlaydi va faqat Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston fuqarolari uchun mo‘ljallangan.

Chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, “Apkan” o‘tkazish punkti Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumanining Apkan qishlog‘ida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi “Tajen” (“Dovut ota”) nazorat-o‘tkazish punkti orqali jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda 3,5 tonnagacha yuk tashuvchi transport vositalarining harakati joriy yilning 1 sentyabrigacha to‘xtatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston nazorat-o'tkazish punkti Tul O'tukchu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing