Qirg‘iziston arog‘idan yana bir kishi vafot etdi. Gumonlanuvchilar qamoqqa olindi
Jamiyat
−
07 yanvar 2021
9619Avvalroq, Namanganda 10 dan ortiq kishi Qirg‘iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Gradusnik” nomli spirtli ichimlik iste’mol qilgani oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgani haqida xabar bergan edik. Aroqdan zaharlanish oqibatida vafot etganlar 6 nafarga yetdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Ayni vaqtda bemorlardan biri Jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Qolgan 6 nafar bemorning ahvoli yaxshilangach, uyiga javob berilgan.
Mazkur hodisa ortidan huquq-tartibot organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuchilarning aybi isbotlansa, ular yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Ayni vaqtda ushbu aroqning savdosi bilan shug‘ullangan do‘kon sotuvchisi va aroqni yetkazib beruvchi ayol (vaqtincha ishsiz) gumonlanuvchi sifatida ishga jalb qilingan. Ulardan biriga qamoq, ikkinchisiga uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi