Qirg‘iziston amaldori o‘zbekistonlikning molini tortib oldi 

Olam

image

Qirg‘izistonda qo‘mita raisi O‘zbekiston fuqarosining to‘qqiz bosh qoramolini tovlamachilik yo‘li bilan tortib oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markaziga tayanib Kaktus.media xabar berdi.

Unga ko‘ra, Ala-Bo‘ka tumani Ko‘k-Tosh qishloq okrugi “Jayit qo‘mitasi” raisi K.K. o‘zbekistonlik fuqaroning to‘qqiz bosh qoramolini noqonuniy yo‘llar bilan olib qo‘ygan va qaytarib berish evaziga undan pul talab qilgan. Shundan so‘ng tovlamachilikka uchraganini payqagan O‘zbekiston fuqarosi amaldorga nisbatan kerakli chora ko‘rishlarini talab qilib, Qirg‘iziston Milliy xavsizlik davlat qo‘mitasiga murojaat qilgan.

“Mazkur holat yuzasidan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan “Tovlamachilik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Ko‘p o‘tmay, K.K tovlamachilik summasining bir qismini – 1 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olinib, ikki oy muddatga Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Jalolobod viloyatidagi vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi”, deyilgan xabarda.

Qayd etishishicha, hozirda tergov va surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Imomova Mashhura


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg'iziston O'zbekiston fuqarosi Jayit qo'mitasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing