Qirg‘iziston hukumatining muvaqqat rahbari tayinlandi
Olam
−
10:22
4712Odilbek Qosimaliyev vaqtincha Qirg‘iziston hukumatini boshqaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda “24.kg” nashri xabar berdi.
Nashr manbalariga ko‘ra, Qirg‘iziston hukumati va Prezident administratsiyasini vaqtincha boshqaruvchi sifatida Odilbek Qosimaliyev tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Odilbek Qosimaliyev 1960 yilning 1 dekabrda Issiqko‘l viloyatining Tup tumanidagi Dolon qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1984 yilda Leningrad moliya-iqtisodiy institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. U faoliyatini 1984 yilda Qirg‘iziston Davlat rejasi Iqtisodiyot instituti kichik ilmiy xodimi sifatida boshlagan. Turli vaqtlarda davlat organlarida turli lavozimlarni egallagan. 2015-2018 yillarda Moliya vazirligini boshqargan, 2022 yilda hukumat rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov o‘z xohishi bilan lavozimini tark etgandi.
LiveBarchasi