Qirg‘iz-tojik chegarasidagi otishmada qurbon va yaradorlar borligi aytildi
Olam
−
10 mart 2022
5563Avvalroq, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida otishma yuz bergani haqida xabar bergan edik. Tojik nashrlarining yozishicha, ikki davlat chegarasining bahsli qismida sodir bo‘lgan otishmada Tojikiston tomonidan bir chegarachi halok bo‘lgan, yana ikki nafari yaralangan.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston chegarachilari Tojikiston hududi (Isfara tumani Chorkuh mahallasi “Vahdat” hududi)ga o‘tib, tojik chegarachilaridan bu hududni tark etishni talab qilgan.
“Qirg‘iz chegarachilari birinchi bo‘lib o‘t ochdi, biznikilar javob berdi. Otishma oqibatida bir tojik chegarachisi halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi”, deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatiga ko‘ra, Qirg‘izistonning Botken viloyatining Teskey hududida tojik chegarachilari “oldin qo‘llanilgan harakat yo‘nalishini o‘zgartirib”, “chegarani qo‘riqlashning yangi chizig‘i”ga chiqishgan va qirg‘iz chegarachilaridan bu hududdan chiqib ketishni talab qilgan.
“Otishma 10 daqiqaga yaqin davom etdi. Qirg‘iz tomondan yaradorlar va jarohatlanganlar yo‘q”, deyiladi Chegara xizmati ma’lumotida.
LiveBarchasi