Qirg‘iz-tojik chegarasida yana mojaro yuz berdi 

Olam

image

Tojikiston fuqarolari qirg‘izistonliklarning avtomobillarini toshbo‘ron qildi, bunga javoban qirg‘iz chegarachisi havoga o‘q uzdi. Bu haqda Qirg‘iziston chegara boshqarmasi matbuot xizmati xabar bergan.  

Qirg‘iziston chegarachilariga ko‘ra, kecha, 25 dekabr kuni Qirg‘izistonning Damba va Maqsat qishloqlari qarshisidagi chegara yaqinida tojik harbiylarining tirbandligi qayd etilgan va ular chegara postlaridan biriga minomyot o‘rnatgan. 

Oradan ko‘p o‘tmay chegara yaqinidagi Eki-Tosh hududida otishma sodir bo‘lgan: tojik fuqarolari qirg‘iz xalqining mashinalariga tosh otgan, qirg‘iz chegarachisi mojaroni to‘xtatish uchun havoga o‘q uzishga majbur bo‘lgan. 

“Eki-Tosh hududida sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng darhol Qirg‘iziston va Tojikiston chegara postlari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi va ular vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qo‘shimcha chegara qo‘shinlarini joylashtirdi. Tojikiston tomoni qidiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi. Davlat chegarasining ushbu qismida joylashgan chegara xizmati (Qirg‘iziston — tahr.) bo‘linmalari xizmat ko‘rsatishning kuchaytirilgan versiyasiga o‘tkazildi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, hozirda u yerda vaziyat “nisbatan barqaror”. 

Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat chegarachilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar hududiga aylanib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati 22 dekabr kuni davlat chegarasining qirg‘iz-tojik uchastkasida qurol qo‘llanishi bilan bog‘liq hodisa ro‘y bergani haqida xabar qilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston

Baholaganlar

341

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing