Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma yuz berdi

Olam

image

Bugun, 3 iyun kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida chegarada otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Qirg‘iziston chegara xizmati matbuot markaziga asoslanib xabar berdi.

“Davlat chegarasining qirg‘iz-tojik uchastkasida qurol qo‘llash bilan bog‘liq hodisa yuz berdi”, deydi matbuot kotibi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston chegarachilari Botken viloyatining Botken tumanidagi Buloq-Boshi hududida xizmat o‘tash chog‘ida shartli chegara chizig‘ini noqonuniy kesib o‘tib, Qirg‘iziston hududiga kirib kelgan tojik chegarachilarini aniqlagan.

“Tojikiston chegara qo‘shinlari askarlari Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlarining Qirg‘iziston Respublikasi hududidan chiqib ketish haqidagi qonuniy talablarini e’tiborsiz qoldirib, Qirg‘iziston harbiy xizmatchilariga qarata o‘t ochgan. Ikki davlat chegarachilari o‘rtasida otishma boshlangan, tojik tomoni minomyotlardan foydalangan”, degan qirg‘iz tomoni vakili. 

Ta’kidlanishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qirg‘iz tomonidan yaradorlar va jarohatlanganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

chegara qirg'iz-tojik

Baholaganlar

284

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing