Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma sodir bo‘lgani aytildi 

Olam

image

Qirg‘iz-tojik chegarasida qurol ishlatish bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi chegara xizmati matbuot markazi xabar berdi. 

“Davlat chegarasining qirg‘iz-tojik uchastkasida qurol qo‘llash bilan bog‘liq hodisa yuz berdi”, degan matbuot xizmati vakili. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarolari Botken viloyatining Botken tumani, Kocho-Boyu hududida qurilish ishlarini olib borgan. Voqea joyiga Tojikiston chegarachilari yetib kelgan va qurilishni to‘xtatishni talab qila boshlagan. Og‘zaki tortishuv janjalga aylanib ketgan. Janjal chog‘ida tojikistonlik harbiylardan biri “Makarov” to‘pponchasi bilan havoga to‘rt marta o‘q uzgan. 

“Darhol Qirg‘izistonning Botken yo‘nalishidagi chegara vakilining Tojikistonning Isfara yo‘nalishidagi chegara vakili bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tojikiston tomoni qurol ishlatishning noqonuniyligini tan oldi, chunki Qirg‘iziston fuqarolari chegara chizig‘iga yaqin joyda emas, balki Kocho-Boyu qishlog‘i ichida qurilish ishlarini olib borgan”, deyilgan matbuot xizmati xabarida. 

Aniqlik kiritilishicha, Tojikiston vakili mojaroga yo‘l qo‘ygan harbiylarga nisbatan chora ko‘rilishini va’da qilgan. 

Tomonlar bir tomonlama tergov o‘tkazishga va natijalarni sarhisob qilish uchun uchrashishga kelishib olgan. 

“Davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi vaziyat barqaror”, deya ta’kidlagan chegara departamenti vakili. 

Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat chegarachilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar hududiga aylanib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing