Qirg‘iz-tojik chegarasida harbiylar otishma uyushtirdi

Olam

image

Bugun, 10 mart kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari o‘rtasida otishma yuz berdi. Hodisa ikki davlat chegarasining bahsli qismida sodir bo‘lgan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati xabar berdi.

“2022 yilning 10 mart kuni davlat chegarasining qirg‘iz-tojik uchastkasida qurol qo‘llash bilan bog‘liq hodisa yuz berdi”, deyiladi xabarda.

Chegara agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning Botken viloyatining Teskey hududida tojik chegarachilari “oldin qo‘llanilgan harakat yo‘nalishini o‘zgartirib”, “chegarani qo‘riqlashning yangi chizig‘i”ga chiqishgan va qirg‘iz chegarachilaridan bu hududdan chiqib ketishni talab qilgan. 

“Tojik chegarachilari turgan joyga qo‘shimcha kuchlar yetib keldi. Tojikiston chegarachilari o‘zlarining son jihatdan ustunligidan foydalanib, yangi chegaraga chiqishga harakat qilishdi”, deyiladi xabarda.

Shunga qaramay, qirg‘iz harbiylari “tojik harbiylariga o‘z niyatlarini amalga oshirishga imkon bermagan”.

“Natijada otishma boshlandi, u 10 daqiqaga yaqin davom etdi. Otishma natijasida qirg‘iz tomondan yaradorlar va jarohatlanganlar yo‘q”, deya ishontirgan Chegara xizmati.

Ushbu hodisa munosabati bilan “tomonlarning chegara vakillari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgan, natijada chegara otryadlarini “chegara vakillari kelguniga qadar voqea joyidan olib chiqib ketish va harbiy qismlarning joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka” kelishilgan.

Shu bilan birga, Qirg‘iziston Teskey hududi “davlat chegarasining belgilanmagan uchastkasi bo‘lib, aslida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari tomonidan foydalanilayotganini” ta’kidlagan.

“(Qirg‘izistonning) Botken viloyatida joylashgan chegara bo‘linmalari kuchaytirilgan tartibda xizmat o‘tay boshlagan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Qirg'iziston-Tojikiston otishma

Baholaganlar

249

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing